Asosiy Maktab
Home \ News \ Bolalar bog‘chasida robototexnika

Bolalar bog‘chasida robototexnika

20
Aprel

Biz barcha turdagi ta’limiy faoliyatlarni qiziqarli interfaol o‘yin usullarini qo‘llagan holda tashkil etib, bolalarda fanga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otishga harakat qilamiz. Bunday yo‘nalishdan ROBOTOTEXNIKA to‘garagimiz mustasno emas, albatta. Robototexnika – maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolatarni ixtiro qilish va kashfiyotlar yaratishga undash bilan birga, ularda tafsilotlarga e’tibor, intizom, mas’uliyat kabi ko‘nikmalarni shakillantiradi. Bundan tashqari, bu faoliyat matematika va hisoblash, mexanika va dasturlash, jamoaviy faoliyat va fikr almashishni rivojlantirishga asoslangandir. 🤖 Barchasi mashg‘ulotlar o‘yin tarzida va bolalar uchun tushunarli o‘quv materiallari bilan olib boriladi.

O‘tgan haftada VOSIQ Internatıonal School &Kındergarten NMTTda tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida robototexnika bo‘yicha Chempionlar ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, bolalar 🛠 belgilangan ko‘rsatmasi bo‘yicha robot yaratishi, hamda 🎮 o‘z yaratuvchanlik imkoniyatlarini namoyish etishi kerak edi. Albatta musobaqa goliblarini robotlar o‘rtasida haqiqiy poyga aniqlab berdi! 🏍 💨 Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarga esdalik sovg‘alar topshirildi. 🏆

Farzandingizni sinfga qanday yozish mumkin

Farzandingizga yaxshi maktabgacha ta'limga berishni xohlaysizmi? Bizning bolalar bog'chamiz - bu to'g'ri qaror!