Asosiy Maktab
Home \ News \ Bolalar bog‘chasida bitiruv oqshomi

Bolalar bog‘chasida bitiruv oqshomi

20
Aprel

Bolalar bog‘chasida bitiruv oqshomi unutilmas va uzoq kutilgan bayramdir. 🎉 Shu bilan birga, bu beg‘ubor maktabgacha ta’lim davrining tugashini va bolalarning maktabga chiqishga tayyorligini anglatadi. 📚 Bu bolalar va ota-onalar hayotidagi muhim bosqichdir. Kechagina ushbu bitiruvchilarni biz bolalar bog‘chamizga qabul qilgandekmiz, bugun esa ular o‘qituvchilari bilan xayrlashmoqdalar.

VOSIQ Internatıonal School & Kındergarten tayyorlov guruhlari ushbu bayram tadbirida rang-barang chiqishlarini namoyish etishdi! 🕰 “NYUTON» va “FANTAZYORI” guruhlari “Yo‘qotilgan vaqtni izlab”, ✨🐏 va “PIFOGOR” va “POCHEMUCHKI” guruhlari “OLTIN MO‘YNA IZIDAN” deb nomlahgan musiqiy spektaklini taqdim etidilar.

Bolalar bog‘chasida bo‘lgan vaqt davomida tarbiyalanuvchilarimiz ko‘plab yangi va qiziqarli narsalarni o‘rganishdi, tengdoshlari bilan zavqlanishdi. Oldinda ularni yangi bilimlar, tanishuvlar va maqsadlar bilan limmo-lim ajoyib maktab davri kutmoqda. Farzandlarimizni ushbu bayram bilan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Farzandingizni sinfga qanday yozish mumkin

Farzandingizga yaxshi maktabgacha ta'limga berishni xohlaysizmi? Bizning bolalar bog'chamiz - bu to'g'ri qaror!