Asosiy Maktab
Asosiy sahifa \ PSIXOLOG

PSIXOLOG

Maktab – bu o’sib kelayotgan yosh avlodning skakllanaytgan ustaxonasidir.
Bu dargohda bilim oluvchilar suhbatlashadilar, fikr almashadilar, voyaga yetadilar.

    Bolalik chog’idanoq bolalar kelajakda kim bo’lishni rejalashtiradilar, qaysi kasbni tanlash haqida o’ylaydilar.Maktab davrida bola xarakteri – fe’l-atvori shakllanadi, atrof-muhitga bo’lgan munosabati paydo bo’ladi,shuningdek, mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. O’z hayotimizni qadamma –qadam qurish mobaynida biz yanada baxtli bo’lishimiz, o’z-o’zimizni o’zgartira olishimiz mumkin. Buning uchun esa majmuamiz pedagog-psixologi o’quvchilarimizni “VOSIQ INTERNATIONAL SCHOOL”da bilim olishlariga yo’naltirishda yaqindan yordam bermoqda.

    Maktabda pedagog-psixolog – bu o’quvchilarning ruhiy holatini o’rganuvchi, shaxsiy muammolariga ega bo’lgan bolalardagi holatlarni bartaraf qiluvchi, jamoaga moslashishda yordam ko’rsatuvchi, shuningdek, o’quvchilar orasida ijobiy psixologik holatni yaxshilashga imkon yaratuvchi mutaxassisdir. Binobarin, bizning psixologimiz ota-onalar va pedagogic jamoamiz bilan ham psixologik treninglar olib boradilar.

Farzandingizni sinfga qanday yozish mumkin

Farzandingizga yaxshi maktabgacha ta'limga berishni xohlaysizmi? Bizning bolalar bog'chamiz - bu to'g'ri qaror!