Asosiy Bog'cha
Home \ News \ Yakuniy imtihonlar yakunlandi

Yakuniy imtihonlar yakunlandi

10
June

Maktabimizning bitiruvchilari uchun eng muhim davrlardan biri yakunlandi. VOSIQ International School maktabining 9- va 11-sinf o‘quvchilari oxirgi yakuniy imtihonni topshirishdi! 📝

Imtihonlar bilim darajasini aniqlashga yordam beradi va tayyorgarlik jarayoni o‘quvchilarga ularni tizimlashtirish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash imkonini beradi. 📚 Bundan tashqari, imtihon qo‘rquv va hayajonlaringiz bilan qanday kurashishni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyatdir. Zero, o‘ziga ishonch hissi va diqqatni jamlay olish qobiliyati inson uchun maktab yillarida shakllanadigan eng muhim fazilatlardir.

Imtihonlar yozma va og‘zaki shaklda o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda imtihonlarga astoydil tayyorgarlik ko‘rishdi, ota-onalar har tomonlama qo‘llab- quvvatlashdi. Va hayajonga qaramay, bolalar ajoyib natijalarni ko‘rsatishdi. 👏🏽

Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ularga o‘qishga kirishda va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🤩 Biz siz bilan juda faxrlanamiz! Oldimizda esa bizni xursandchilik kutmoqda – bitiruv shahodatnomalari va sertifikatlarining tantanali topshirilish marosimi. 📃