Asosiy Bog'cha
Home \ AN’ANALAR TARIXI

AN’ANALAR TARIXI

«Vosiq International school» – alohida yondashuvni hisobga oluvchi, uzluksiz ta’lim va yosh avlodning har tomonlama barkamol bo’lishini belgilovchi yuqori malakali ta’limning xalqaro brendidir.

 «VOSIQ INTERNATIONAL SCHOOL» majmuasi – 2017 – yilda tashkil etilgan.

Mazkur ta’lim muassasasining ochilishiga ta’lim sohasini rivojlantirishda YODJU Texnika institute – Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda imzolangan o’zaro memorandum asos bo’ldi.  

2018-yilda oliy ta’lim sohasida xizmat ko’rsatish va 21-asrda talabgor sohalar bo’yicha oliy toifali mutaxassislarni tayyorlab berish maqsadidaYODJU Texnika institute bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Bizning majmuamiz shahrimizdagi tinch va ko’kalamzor hududlardan birida qad ko’targan.

Biz eng yuqori darajadagi ta’lim xizmatlarini ko’rsatishga intilmoqdamiz.
Bizning majmuamiz ilg’or texnologiyalar bilan ta’minlangan , o’quvchilarimiz barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi texnika vositalaridan foydalanishlari va xavfsizlik choralari hisobga olingan dam olish o’yingohlaridan foydalanadilar.