VOSIQ International School & Kindergarten NMTMdagi barcha mashgʻulotlar bolalarda atrofdagi dunyo haqida koʻplab yangi va qiziqarli bilimlarni oʻzlashtirilishiga qaratilgan. 🌍 Navbatdagi “Aslida boʻsh boʻlmagan sahro” nomli loihani “Evrika” guruhi tarbiyalanuvchilari taqdim etdilar.
Loyiha doirasida bolalar choʻl dunyosi haqidagi eng qiziqarli va gʻayrioddiy boʻlgan qumning xususiyatlari, noyob flora va faunasi kabi faktlarni oʻrgandilar. 🌵🦎 Loyiha mualliflari va ishtirokchilari applikatsiya, dizayn, chizma va modellashtirish yordamida ijodiy ishlar yaratdilar.
Loiha nihoyasida ochiq kompleks mashgʻulot taqdim etdish orqali, yangi bilim va koʻnikmalarini namoyish etdilar. Loyihaning har bir ishtirokchisi oʻzining qiziquvchanligi, topqirligi va zukkoligi bilan ajralib turardi. 👧🏻👦🏻
Albatta biz bolalarimizning bilimga boʻlgan chanqoqligini bilgan holda, ular uchun yangi loyihalar yaratishda davom etamiz! 🤩
