Vinni-Pux 🧸 haqidagi birinchi kitob 1926 yil 14 oktyabrda nashr etilganini bilasizmi? Alan Miln asarining mehribon, dono va yorqin qahramonlarini butun duny bolalari shunchalik yaxshi koʻrishadiki, ushbu sanada ayiqcha Vinni Puh tavallud kunini nishonlashadi. Va albatta biz VOSIQ International School &Kindergarten NMTMda bu bayramni oʻtkazib yubormadik! 🎉
Vinni-Pux nimani yaxshi ko’rishini eslaysizmi? Shubxasiz, asal va she’r yozish, mehmonga borishni va sayohat qilishni. 🍯 Shu bois, bizning bolalar bogʻchamizning har bir guruhi bayramni yanada yorqinroq qilish uchun oʻz sovgʻalarini tayyorlashdi. 🎁
Masalan, “Zvezdachyoti” guruhi Vinni-Pux mehmonlari uchun shirinliklar pishirdilar. 🍪 🎂 “Rainbow” guruhi (“Kamalak”) ayiqcha uchun rasmlar chizdilar. 🖼 “Pifagor” guruhi gipsli qolibdan foydalanib, oʻz sovgʻalarini yaratdilar. 🎎
Albatta-da, “Kimda uchar pufaklari boʻlsa, uning doimo kayfiyati koʻtarinki boʻladi!” 🎈
