VOSIQ International School & Kindergarten NMTT “POCHMUCHKI” va “PIFAGOR” tayyorlov guruhlari “KUZNI IZLAYOTGAN SO’NGGI BAXODIR” deb nomlangan ajoyib 🍂🌾 kuzgi shou-tomoshani taqdim etdilar.
Yosh iste’dodlarimiz yilning to‘rt fasliga tashrif buyurishdi. ❄️🌺☀️🍁 Ular kuylashdi, raqsga tushishdi, hazillashishdi va birgalikda Tosh malikani mag‘lub etishdi!
Bayram tadbirlari bolajonlarga cheksiz quvonch baxsh etadi, bolalarning odatiy turmush tarzini rango-rang etadi, bu o‘z navbatida, har tomonlama rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Kichkina aktyorlarning o’zlari ham, ularning ota-onalari ham spektakldan zavqlanishdi. 🤩
Bolalar bog‘chasidagi ertaklarini sevarmidingiz?
