VOSIQ International School & Kindergarten NMTT-dagi oltin kuzga bagʻishlangan bayram tadbirlarimizni “GIFTED KIDS” va “MASTER MINDS” guruhlari ijrosidagi “Halloween – yovuz boʻlmagan kuchlar bellashuvi” 🍂👻 deb nomlangan musiqiy shou dastur yakunlab berdi. Bolalarning ingliz tilidagi oʻzoro muloqotlari, she’r va qoʻshiqlarni ma’romida ijro etishlari, jozibador raqslari va saxna koʻrinishlari barchani maftun etdi. 🎉
Bolalar bogʻchalarida kontsert dasturlari maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy va estetik tarbiyasi manbalaridan biridir. 🍁🍂 Tomoshabinlar oldida sahnada chiqish ham bolalarda oʻziga ishonch bagʻishlaydi.
Tasavvur qiling-a, bu yilgi kuzgi ertaklar doirasida biz turli mavzularda 9-ta spektakl namoyish qildik. Barchamiz uchun tayyorgarlik jarayoni juda muhim davrdir:
👧👦 2 oy davomida bolalar bilan har kuni mashq qilish,
👗🎩 mohir hunarmandlarimiz tomonidan dizaynerlik liboslarini tikish,
✨🎪 konsert atributlari va sahna bezaklarini tayyorlash.
Kuzgi ertaklarni tashkil etishda ishtirok etgan tarbiyachilarga, aktyorlik mahorati ustozlariga va barcha bogʻchamiz xodimlariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Va, albatta, ota-onalarga farzandlariga boʻlgan ishonchlari va qoʻllab-quvvatlashlari uchun alohida rahmat aytamiz! 🤩
Oldinda hali koʻp turli spektakllar bor va bilamizki, bolajonlarimiz yana bizni oʻz chiqishlari bilan hayratda qoldiradilar! 😉
