Asosiy Maktab
Home \ News \ Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxsni rivojlantirish muhim psixologik jarayondir

Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxsni rivojlantirish muhim psixologik jarayondir

15
Iyun

Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxsni rivojlantirish muhim psixologik jarayondir. 👧👦🏻 Bizning yuqori malakali psixologimiz Xaxlina Yekaterina Aleksandrovna “VOSIQ INTERNATIONAL SCHOOL & KINDERGARTEN” NMTTda muntazam ravishda bolalar bilan ishlaydi. 🤩

Nima uchun bolalar bog’chasida bolalar psixologi kerak? 👩🏻‍💼👨🏼‍💼 U bolalar psixologiyasining muhim masalalari bilan shug’ullanadi. Avvalo, bolalar bog’chasida bolaning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish uchun psixolog xizmati kerakdir.

Psixologning bolajonlar bilan ishlash dasturiga quyidagilar kiradi:
✅ Psixologik diagnostika: intellektual, ijtimoiy-emotsional va xulq-atvor sohalari.
✅ Bolalarda ijtimoiy va emotsional intellektni rivojlantirish uchun guruhli frontal mashg’ulotlar.
✅ Korrektsion-rivojlantirish darslari.

O’quv yili davomida psixolog har bir bolaning rivojlanish darajasini o’rganish uchun bolalarning psixologik diagnostikasini o’tkazadi. Bunday diagnostika chizmalar 🎨, suhbat 💬, o’yinlar 🧩 va kuzatish 👓 shaklida amalga oshiriladi.

Psixolog bilan mashg’ulotlar barcha yosh guruhlarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va psixologik salomatligini mustahkamlashga yordam beradigan maxsus ishlab chiqilgan dasturlarga muvofiq o’tkaziladi.

Farzandingizni sinfga qanday yozish mumkin

Farzandingizga yaxshi maktabgacha ta'limga berishni xohlaysizmi? Bizning bolalar bog'chamiz - bu to'g'ri qaror!