Maktab – bu o’sib kelayotgan yosh avlodning skakllanaytgan ustaxonasidir. Maktabda pedagog-psixolog – bu o’quvchilarning ruhiy holatini o’rganuvchi, shaxsiy muammolariga ega bo’lgan bolalardagi holatlarni bartaraf qiluvchi, jamoaga moslashishda yordam ko’rsatuvchi, shuningdek, o’quvchilar orasida ijobiy psixologik holatni yaxshilashga imkon yaratuvchi mutaxassisdir. Binobarin, bizning psixologimiz ota-onalar va pedagogic jamoamiz bilan ham psixologik treninglar olib boradilar.
Bu dargohda bilim oluvchilar suhbatlashadilar, fikr almashadilar, voyaga yetadilar.
Bolalik chog’idanoq bolalar kelajakda kim bo’lishni rejalashtiradilar, qaysi kasbni tanlash haqida o’ylaydilar.Maktab davrida bola xarakteri – fe’l-atvori shakllanadi, atrof-muhitga bo’lgan munosabati paydo bo’ladi,shuningdek, mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. O’z hayotimizni qadamma –qadam qurish mobaynida biz yanada baxtli bo’lishimiz, o’z-o’zimizni o’zgartira olishimiz mumkin. Buning uchun esa majmuamiz pedagog-psixologi o’quvchilarimizni “VOSIQ INTERNATIONAL SCHOOL”da bilim olishlariga yo’naltirishda yaqindan yordam bermoqda.