«Vosiq International school» NTMda 1 -sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar tahsil oladilar.O’quvchi yoshlarning o’qishga bo’gan qiziqishlari hamda ularning motivatsiyalarini oshirish maqsadida dars dasturlari Janubiy Koreya va Singapur metodikalari asosida olib boriladi. Bizda ta’lim jarayoni hafta davomida 5 kunlik bo’lib,dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 18:00gacha belgilangan. Dam olish kunlari bolaning 2 kun davomida o’quv jarayoniga yana kuch to’plashi va yangi bilim cho’qqilarini egallashi uchun mukammal hordiq chiqarishiga imkon yaratadi. Maktabimizning asosiy vazifasi – bolalarning har tomonlama rivojlanishi bo’lib, asosiy fanlarni o’rganish bilan bir qatorda bir necha sport seksiyalari va boshqa bir qancha to’garaklarga bolani jalb qilish kiritilgan.(shaxmat,taekvando.yunon-rim kurashi, ushu, suzishtennis,futbol,basketbol) . O’quv jarayoni o’zbek va rus tillarida olib boriladi. 7 yoshda bola endigina bu olamni o’rgana boshlaydi, shuning uchun maktab unga bunday qiyin jarayonda yaqindan yordam qo’lini cho’zadi. Kattalarga hurmat, o’qishga qiziqish va o’z ustida ishlash,sog’lom turmush tarziga mehr uyg’otish ,o’z bilimlari va qobiliyatlarini erkin ko’rsata olish, o’z qiziqishlariga ega bo’lish kabi xususiyatlarni singdirish barkamol shaxs sifatida rivojlanishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Agar bola yangi jamoada o’z o’rnini topishda, moslashishda qiyinchilikka duch kelayotgan bo’lsa, bunda albatta maktabimizning oliy toifali ruhshunosi yordam beradi. Bolaning nutqida kamchiliklar aniqlangan bo’lsa, bunday muammoni tamoman bartaraf qilish uchun maktabimiz logopedi yordamga keladi.