«Vosiq International school» NTM ning asosiy yo’nalishlaridan biri bu – bolalar salomatligini himoya qilish va ularning jismoniy rivojlanishini ta’minlashdan iborat. O’quv jarayonidagi tibbiy xizmat o’z ichiga quyidagilarni oladi: Belgilangan tibbiy hujjatlarni olib boorish: o’quvchilarning tibbiy kartalari, maxsus jurnal,kasallik to’g’risidagi ma’lumotnomalar va boshqalar.
Bizning majmuamizda bolalar salomatligini nazorat qilish muassasa xodimlari qatoriga kiritilgan tibbiyot xodimlari – shifokor-pediatr, hamshira va psixologlar zimmasiga yuklatilgan.
Tibbiyot xonasining ish vaqti kun davomida bolalar o’quv jarayoni bilan bir vaqtda belgilangan.
Bizning majmuamiz maxsus ixtisoslashtirilgan har yili bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni o’z ichiga olgan tibbiy diagnostik markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradi. Bu markaz bilan ishlashdan maqsad bolalarda mavjud bo’lgan kasalliklarni aniqlash va ularning paydo bo’lishini oldini olishdir . Ko’rik nazorati shifokor-pediatr, nevrolog, oftalmolog , otarinolaringolog, bolalar jarrohi, bolalar psixiatri tomonidan o’tkaziladi.
Tibbiyit xodimlari maktabda o’tkaziladigan barcha jismoniy-sog’lomlashtirish va sayohat tadbirlarida ishtirok etadilar va ularning xavfsizligini ta’minlaydilar.