
VOSIQ
Bolalar bog'chasi
Bog'chada IB Boshlang'ich yillar dasturi 3 yoshdan boshlanadi. Bu — o'yin va tadqiqotga asoslangan, bolaning akademik, ijtimoiy va emotsional o'sishini bir vaqtda qo'llab-quvvatlaydigan muhit.
Erta yoshdagi bolalar dunyoni endi kashf qila boshlaydi. Tarbiyachilarimizning vazifasi — ularga turli nuqtai nazarlarni shakllantirishda yordam berish, savol berishga va javobini birga izlashga undash.
Mashg'ulotlar rus, o'zbek va ingliz tillarida olib boriladi. Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan tajribali logoped alohida ishlaydi, pedagog-psixolog esa jamoaga moslashishda ko'mak beradi.
Bog'chada nima bor

IB PYP dasturi
Tadqiqotga asoslangan mashg'ulotlar, oltita transdisiplinar mavzu va bolaning yaxlit rivojlanishi.

Jismoniy rivojlanish
Suzish uchun ikkita yopiq basseyn, sport mashg'ulotlari va xavfsizlik talablariga mos o'yin maydonchalari.

Kunlik tibbiy nazorat
Shtatdagi pediatr va hamshira kun davomida bolalar salomatligini kuzatadi; ovqatlanish tsiklik menyuga muvofiq nazorat qilinadi.
Galereya
Kunlarimizdan lavhalar
Aloqa
Bog'cha manzili
Bolalar bog'chasi
Bog'cha Chilonzor kampusi hududida joylashgan.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Do'mbirobod ko'chasi, Naqqoshlik 1
Telefon: +998 (71) 207 00 88
Qoʻshimcha raqamlarElektron pochta: pr@vosiq.uz
Ish vaqti: Du–Ju, 8:30–17:00
Xaritada ochish

Qayerda o'qishni hali hal qilmadingizmi?
Maktab tanlash — farzandingiz hayotidagi muhim qadam. Biz maktabimiz haqida barcha ma'lumotni beramiz: qo'ng'iroq qiling yoki raqamingizni qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.
Biz bilan bog'laning