Vosiq International School Chilonzor filiali bolalar bog‘chasida ota-onalar yig‘ilishi
Vosiq International School Chilonzor filialida bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bilan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish IB (Xalqaro bakalavriat) o‘quvchi profili va maktabimizning asosiy vazifasiga (missiyasiga) bag‘ishlandi.

Vosiq International School Chilonzor filiali bolalar bog‘chasida ota-onalar yig‘ilishi
Uchrashuv davomida tarbiyalanuvchilarimizda shakllantirishni maqsad qilgan asosiy fazilatlar — izlanuvchan, keng fikrli, g‘amxo‘r, teran mulohazali, qat’iy tamoyillarga ega va butun umri davomida bilim olishga intiluvchi shaxs bo‘lib ulg‘ayish jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Interfaol mashg‘ulotlar orqali ota-onalar nafaqat IB o‘quvchi profili bilan yaqindan tanishdilar, balki ushbu fazilatlar bolalarning kundalik hayotida qanday namoyon bo‘lishi va oila davrasida ularni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shish mumkinligini ham muhokama qildilar. Shuningdek, Vosiq International School missiyasi, umumiy qadriyatlarimiz hamda har bir bolaning o‘sib-ulg‘ayishi, kashfiyotlar qilishi, yangi narsalarni sinab ko‘rishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun maktab va oila hamkorligida qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Maktab va oila — har bir bolaning kamolotidagi hamkorlardir!
Ota-onalarimizga faol ishtiroki, ochiq fikrliligi va bog‘cha hayotiga bo‘lgan samimiy qiziqishlari uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Fotosuratlar
4 ta rasm