Asosiy Bog'cha
Home \ News \ 9-11-sinf o‘quvchilari uchun bitiruv kechasi

9-11-sinf o‘quvchilari uchun bitiruv kechasi

21
June

🎊 Bitiruv kechasi har bir o‘quvchi hayotidagi muhim jarayondir. Bitiruvchilar maktab bilan xayrlashadigan ushbu muhim voqeani intiqlik bilan kutishmoqda. Ular uchun bu nafaqat maktab bilan xayrlashish, balki hayotlarining yangi bosqichi boshlanishi hamdir.

17-iyun kuni VOSIQ International School maktabida 9-11-sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak bizniki!” shiori ostida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilar maktab sahnasida yakuniy chiqishga astoydil tayyorgarlik ko’rishdi. 👗 Qizlar kechki liboslarda, 👔 o‘g‘il bolalar klassik kostyumlarda – haqiqiy bayram muhiti! Bundan tashqari, maktab yillari o‘quvchilarimizni qo‘llab-quvvatlab turgan o‘qituvchilar, maktab ma’muriyati va ota-onalar. 🤗

Rasmiy qismda oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi guvohnomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. 📜 O‘qituvchilar va ota-onalarga mehnati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirildi. O‘qituvchilar ham bitiruvchilarga iliq tilaklarini yo‘llashdi. Va, albatta, bitiruvchilar bizni eng chiroyli vals bilan xursand qilishdi! 💃🕺

Rasmiy qism so‘ngida maktabimiz hovlisida bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. 🎉 Taklif etilgan DJ bitiruvchilarga yoqqan kompozitsiyalarni taqdim etdi. Bayramona muhitdagi tabassum va muloqot dengizi maktab yillari kabi bitiruvchilarimiz qalbida abadiy qoladi. Xayrlashish asnosida biz tilaklar bilan birga kamalakdek serjilo osmonga orzular pufaklarini uchirdik. 🎈Barcha tilaklar amalga oshsin!