Asosiy Bog'cha
Home \ UMUMIY OVQATLANISH

UMUMIY OVQATLANISH

“VOSIQ INTERNATIONAL SCHOOL” majmuasida ovqatlanish kuniga 3 mahal belgilangan. (nonushta, tushlik va yolg’on choy) .

Majmuada xususiy sertifikatlangan ozuqa ta’minoti mavjud. Taomni tayyorlashda yuqori darajali oshpazlar va o’z ishining ustalari shug’ullanadilar. Mazkur majmuaning ovqatlanish jarayonini tashkil etishda sanitar-epidimiologik talablarga rioya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifat darajasi va xavfsizligini nazorat qilish tibbiyot xodimlari tomonidan olib boriladi.

Tarbiyalanuvchi va o’quvchilarning to’g’ri ovqatlanish ratsionini tashkil etishda me’yoriy taomnoma mavjud bo’lib, u ta’lim muassasasida issiq sog’lom ovqatlanishni va bolalarning to’g’ri o’sishida ko’rib chiqilgan,o’rganilgan ovqatlanish ta’minlangan.

Bolalar taomnomasini tuzishda quyidagi talab va shartlar hisobga olingan:

А) Bolalarning yoshiga qarab yo’qotilgan quvvatini qo’llab-quvvatlovchi bir sutkalik ovqatlanish ratsionini moslashtirish.
 
Б)Barcha ovqatlanish mezonlarini hisobga olgan holda, tarkibida oqsillar, aminokislotalar,vitaminlar, mineral tuzlar va mikroelementlar bo’lgan xilma-xil ovqatlanish ratsionlari kiritilgan.

Ovqatlanish ratsioni sifatli va tabiiy sabzavot va mevalarda mavjud bo’lgan vitaminlar tufayli kerarkli me’yorni belgilab beradi.