Vosiq xalqaro maktabi va bog'chasi IB Boshlang'ich yillar dasturi (PYP) bo'yicha vakolatli maktab bo'lganidan faxrlanadi. Biz 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun o'yin va tadqiqotga asoslangan, qiziqarli ta'lim muhitini taqdim etamiz.
Xalqaro miqyosda tan olingan IB PYP dasturi maktabimiz missiyasining markazida turadi. U yosh o'quvchilarning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga yordam berib, ularni xilma-xil va o'zaro bog'liq dunyoda tanqidiy fikrlovchi, samarali muloqot qiluvchi va mas'uliyatli fuqaro bo'lish uchun zarur ko'nikmalar bilan ta'minlaydi.
Maktab missiyasi
Vosiq xalqaro maktabi va bog'chasi bolalarga ularning individual xususiyatlari, moyilliklari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda tadqiqot orqali samarali va sifatli ta'lim berishni hamda bilimni qo'llash va mulohaza yuritish orqali dunyoni yaxshilashga intiladigan, umr bo'yi o'rganuvchi shaxslarni tarbiyalashni maqsad qilgan.